O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan farmetsevtika mahsulotlari xavfsizligi va sifatini nazorat qiluvchi laboratoriyalariga standart namunalar (ro‘yxat ilova qilinmoqda) xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Xarid jarayonida barcha manfaatdor korxona va kompaniyalar, jumladan, kichik biznes sub’yektlari, shuningdek, ushbu turdagi tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan korxonalar ishtirok etishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tijorat takliflaringizni 05.02.2024 yil soat 16:00ga qadar farmkomitet@ssv.uz elektron manziliga yuborishingizni soʻraymiz.
Tijorat takliflarida to‘lov shartlari va yetkazib berish muddatlarini ko‘rsatish so‘raladi.